TOSHKENT-ANDIJON-O’SH-QASHQAR AVTOMOBIL YO’LI

TOSHKENT-ANDIJON-O’SH-QASHQAR AVTOMOBIL YO’LI – xalqaro ahamiyatli yo’l, umumiy uz. 940 km. O’zbekiston (408 km), Qirg’iziston (272 km), Xitoy (260 km) hududlaridan o’tadi. Yo’lda dengiz sathidan turlicha balandlikda bo’lgan 6 ta dovon bor. Shundan O’zbekistonda Kamchiq (dengiz sathidan 2268 m) va Rezak (2254 m) dovonlarida tunnellar qurilgan (q. Kamchiq dovoni). Qirg’iziston hududida Chayirchiq (2406 m), Toldiq (3645 m), Taunmurun (3536 m) dovonlari osha o’tiladi. Qadimda Buyuk ipak mulining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblangan karvon yo’li bo’lgan. 20-a.ning 30-y.larida ilk bor muhandislik inshooti ko’rinishida, uni kesib o’tuvchi Daryo va soylarga ko’prik va quvurlar qurilib, er poyining kengligini 8 m ga etkazib, qatnov qismiga shag’altosh qoplama yotqizilgan va butun yo’l yo’nalishi bo’ylab yo’lni saqlash xizmati tashkil qilingan, shu davrdan boshlab xalqaro ahamiyatli avtomobil yo’liga aylandi. 1960-70-y.lar oralig’ida yo’ldagi transport qatnovining ortib borayotganligi hisobga olinib, yo’lning parametrlari (kengligi) III—IV toifaga (10-12 m)ga keltirilib, tegishli zaruriy qismlariga asfaltbeton va qora to’shamalar yotqizilib, qayta ta’mirlangan. 20-a. oxiriga kelib yo’lning xalqaro ahamiyati kuchaydi. 1997 y. 24-28 apr. da Toshkent sh.da 18 mamlakat ishtirokida yo’lni ta’mirlash, undan foydalanish va shu yo’nalishda t.y. kurish masalalariga bag’ishlangan xalqaro kengash o’tkazildi. 1998 y. 19 Fev. da O’zbekiston, Qirg’iziston, Xitoy hukumatlari o’rtasida T. — A. — O’. — Q. a.y.da xalqaro avtomobil transporta qatnovi to’g’risida bitim imzolanib, yo’l qurilishi boshlandi. Avtomobil yo’lidagi yillik urtacha transport qatnovi jadalligi yo’lning turli uchastkalarida turlicha: O’zbekiston xududida Toshkent — O’sh oralig’ida 10000-19000 avtomobilg’ kun; O’sh—Saritosh oralig’ida 3000— 4000 avtomobilg’kun; Ergashtom — Qashqar oralig’ida 500-5000 avtomobil/kun (2004). Yo’lning Toshkentdan Qirg’izistonning O’sh sh.gacha bo’lgan qismi (A373) asfaltbeton to’shamali, 292 km —I toifali, 116 km —II toifali. Yo’lning O’sh sh.dan Saritosh shaharchasigacha bo’lgan qismi (M41) 184 km asfaltbeton va qora to’shamali, II — III toifali. Saritosh shaharchasidan — Ergashtom ovuligacha bo’lgan qismi davlat ahamiyatidagi yo’l bo’lib 78 km ni tashkil qiladi, qora shag’al to’shamali, IV toifaga kiradi. Yo’lning XXR hududidagi 260 km li qismi III —IV toifali, xalqaro ahamiyatli, asfaltbeton to’shamali. Tohirjon Mirzaev.