TOSHKENT ARXITEKTURA VA QURILISH INSTITUTI

TOSHKENT ARXITEKTURA VA QURILISH INSTITUTI — oliy o’quv yurti, 1991 y. 6 mayda Toshkent politexnika intining arxitektura, sanoat va fukaro qurilishi hamda muhandis qurilish ftlari negizida tashkil etilgan. Int bakalaviaturasining kunduzgi va sirtqi bo’limlarida 14 yo’nalish bo’yicha 476 bakalavr, 20 mutaxassislik bo’yicha 88 magistr mutaxassislar bitirishi mo’ljallangan (2004). Aspirantura, nomzodlik va drlik ilmiy kengashi, shuningdek, arxitektura, qurilish materiallari va qurilmalari, bino va inshootlar mutaxassisliklari bo’yicha ixtisoslashgan kengashlar faoliyat ko’rsatadi. Intda 4 ta ft (me’morlik, sanoat va fuqaro qurilishi, muhandis qurilish va iqtisod), 27 ta kafedra, 322 prof.o’qituvchi (jumladan 1 akademik, 29 fan dri va prof., 117 fan nomzodi va dosent), 168 o’qituvchiassistentlar ishlaydi (2004). Intda, shuningdek, «axborot texnologiyalari va masofaviy o’qitish markazi», malaka oshirish FTI, «qurilish sohasida menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakalarini oshirish markazi», lisey (1996), biznes maktab (1999) faoliyat ko’rsatadi. 200 dan ortiq kompyuterlar tarmoqqa ulangan. Internet orqali xorijiy davlatlar bilan aloqalar o’rnatilgan. 13 ta chet el oliy o’quv yurtlari bilan shartnomalar bo’yicha o’quv va ilmiy ishlar olib boriladi. Int qoshida ma’naviyat va ma’rifat markazi bor. Int xdyotini aks ettiruvchi muzeyda o’qituvchi va tsh1abalarning ish ko’rgazmalari tashkil etilib turiladi. Kutubxona fondi 200 mingdan ortiq kitobga ega bo’lib, elektron katalog darslaridan foydalanish ham yo’lga qo’yilgan. A. Ashrabov, A. Boboxonov, M. O’rozboev, V. Qobulov nomli stipendiyalar ta’sis etilgan.