TOSHKENT BOROVINKASI

TOSHKENT BOROVINKASI – yozgi olma navi. Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. intida qadimgi rus Xarlamov borovinkasi navi klonidan chiqarilgan (P.P. Shreder, A. R. Shreder, A. G. Shreder). Daraxti kuchli usadi (bal. 7 m gacha), bir oz tarvaqaylagan, shoxlari o’rtacha quyuq, novdalari qo’ng’ir. Samarqand olmasi, Simirenko, Golden Delishes kabi navlardan yaxshi changlanadi. Mevasi iyul oxirida pishadi, yirik (140-200 g), po’sti ko’kish, och sariq, pushti, kizil taramlari bor, eti oq, xushbo’y, nordonshirin. Ko’chati ekilgandan keyin 4—5yili hosilga kiradi. 6— 7yili to’la hosil bera boshlaydi. 20 yoshida tupidan 500 kg gacha hosil olinadi. 1959 y.dan O’zbekistonning barcha viloyatlari uchun rnlashtirilgan (yana q. Olma).