Toshquduq gaz koni

Toshquduq gaz koni Buxoro viloyati Romitan tumanida, Buxoro sh.dan 100-110 km shim.garbda joylashgan. Kon 1972 y.da ochilgan va 1975 y.da ishga tushirilgan. Toshquduq strukturasi Gazli ko’tarilmasining Jan.g’arbiy qismida bo’lib, kenglik bo’yicha cho’zilgan yirik braxiantiklinal burmadan iborat. Yuqori bo’r davrining senon yarusi yotqiziqlari shipi bo’yicha Toshquduq braxiantiklinali uchta er yoriklari bilan murakkablashgan. Paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotqiziqlarida ja’mi 11 razvedka qudug’i ochilgan. Gaz, asosan, bo’r davrining yotqiziklarida uchraydi. Sanoat miqyosidagi gaz 7 va 9gorizontlar bilan bog’liq. 7gorizont senon yarusi yotqiziqlarida ajratilgan bo’lib alevrolit va gil bilan qavatlangan mayda zarrali qumtoshlardan iborat. Uyum qatlami gumbazli tipga mansub, gaz suvga tiralib turadi. Uyum o’lchami 7,5×1,5 km, bal. 30 m, gazlilik maydoni 13,9 km2. 9gorizont senoman yarusining yuqori qismidagi mayda zarrali qumtoshlarda, 530-703 m chuqurliqda ochilgan. Gorizontning umumiy qalinligi 122-153 m, uyum katlamli, gumbazli tipga mansub bo’lib burmaning eng ko’tarilgan qismida namoyonlanadi, gaz suvga tiralib turadi. Uyum o’lchami 11,5×3,5 km, bal. 45. Gazlilik maydoni 30 km2 ga yaqin. Kondan foydalanilmoqda.