Toshtuz, galit, osh tuzi
Toshtuz, galit, osh tuzi — 1) galit minerali, kimyoviy tarkibiga ko’ra natriy xlorid NaCl(Na— 39,34%, Cl 60,66%). Kub sistemada kristallanadi. Odatda, tabiatda turli kattalikdagi donador kristall agregatlar shaklida uchraydi. Sof holda rangsiz va tiniq, lekin ko’pincha gil, organik moddalar, temir oksidlari va b. bilan aralashmasi kulrang, jigarrang, qizil, pushti. Shisha kabi yaltiroq. Qattiqligi 2-2,5; zichligi 2,1—2,3 g/sm3. Suvda oson eriydi; 2) cho’kindi tog’jinsi, asosan (99%), galitdan iborat. Fanerozoyning deyarli barcha geologik davrlari yotqiziqlarida uchraydi. Eng yirik yotqiziklari kembriy, devon, Perm va neogen katlamlarida joylashgan. T., ayniqsa, sho’r ko’llar tubida ko’p. O’rta Osiyoda yirik konlari bor. T. xalq xo’jaligida keng ishlatiladi. Tozalangan T. oziq-ovqat mahsuloti sifatida, konservalashda, muzlatish ishlarida, kimyo sanoatida soda, xlor, xlorid kislota va natriyning qator tuzlarini olishda, anilin va lokbo’yoq, o’rmon kimyosi, to’qimachilik, farmasevtika, metallurgiya, teri, neft sanoatlarida, plastmassalar ishlab chiqarish. da, yirik tiniq kristallari optik asboblar tayyorlashda qo’llanadi (yana q. Natriy xlorid).