Tovush

Tovush (tilshunoslikda), nutk, tovushi — kishining murakkab artikulyasion faoliyat natijasi g’isoblangan, muayyan akustik (eshitilish) va perseptiv (idrok etilish) xususiyatlari bilan ajralib turadigan eng kichik nutq birligi. Talaffuz usuliga muvofiq holda T.ning akustikasi, artikulyasiyasi va persepsiyasi haqida fikr yuritiladi. Har bir nutq tovushi artikulyasion jihatdan talaffuz a’zolarining murakkab harakati natijasida paydo bo’ladi. Akustik jihatdan esa, har qanday boshqa tovush singari, havo muhiti orqali tarqaladigan tebranma harakat sifatida ta’riflanishi mumkin. Nutq tovushlarini hosil qiluvchi vosita (tebrantiruvchi kuch) o’pkadan nafas yo’li orqali chiqib, avval bo’g’izga va undan og’iz bo’shlig’iga, ba’zan burun bo’shlig’iga o’tadigan havo oqimidir. Ovoz (un), asosan, bo’g’izda hosil bo’ladi. Unda ko’ndalang joylashgan elastik, yupqa tovush (un) paychalari mavjud bo’lib, so’zlash paytida o’pkadan chiqayotgan havoning kuchi bilan titraydi va ovoz hosil qiladi. Unlilar, sonorlar va jarangli undoshlardagi ovoz ana shuning natijasidir. Bo’g’iz orqali o’tgan havo oqimi til, tanglay, tish yoki ikki labning to’sqinligiga duch kelib, shovqin paydo qiladi, natkjada jarangsiz undoshlar hosil bo’ladi. T. larso’zvagrammatikko’rsatkichlarni shakllantirish hamda ularni birbiridan farqlash, ajratish uchun xizmat qiladi. Bunday xususiyatli T.lar fonema deb yuritiladi, biroq barcha T. ham fonema bo’la olmaydi. T. (fonema)lar bir necha jihatdan tasnif qilinadi. Ovoz va shovqinning ishtirok etish darajasiga ko’ra, ular avvalo 2 ga bo’linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar (q. Fonema, Undosh tovushlar, unli tovushlar).