Travma

Travma (Yun. trauma — shikaet) — tashqi muhit ta’sirida organism to’qimalari va organlar faoliyatining buzilishi. Shikastlovchi omillarga ko’ra mexanik, kimyoviy, elektrik, termik, shuningdek, psixik T. bo’ladi. Shikastlovchi omilning ta’sir etish vaqtiga ko’ra, o’tkir va surunkali T.; T.ga sabab bo’lgan hodisa va shartsharoitga asosan, ishlab chiqarish., sport, turmush, ko’cha, transport va b. travmalariga ajratiladi. O’tkir T.da organizmdagi biror organ yoki to’qima (turli darajada) shikastlanadi; og’irroq hollarda travmatik shok, hatto o’lim ro’y beradi. Surunkali T. organizmga tashqi muhitning astasekin uzoq vaqt zararli (mas., vibrasiya, ishqalanish, bosim va b.) ta’sir etishidan kelib chiqadi. Mexanik T.da ochiq va yopiq suyak sinishi, miya silkinishi, suyak chikishi, ichki a’zolarning yorilishi, miya, yurak, o’pka, qorin bo’shlig’i a’zolari shikastlanishi, ezilishi,uzilishi mumkin. Bunda qon ketishi, shish, yallig’lanish, nekroz — to’qimaning o’lishi kabilar yuz berishi mumkin. Termik T.da organizm to’qimasi yuqori tra (kuyish) va past tra (sovuq olishi) ta’sirida zararlanadi. Kimyoviy T. to’qimaning turli kimyoviy moddalar (kislota, ishqor va b.) ta’sirida kuyishidan paydo bo’ladi. Psixik T. ko’pincha to’satdan ro’y beradigan og’ir ruhiy ta’sirotlar, kuchli hayajon, baxtsiz hodisalardan g’am chekish (qattiq qo’rqish, vaqima, asab buzilishi) oqibatida kelib chikali; bunda hushdan ketish, uzoq vaqt asabning buzilishi — nevrozlar, depressiya ham vujudga kelishi mumkin. Bemorga o’z vaqtida birinchi tibbiy yordam berish bilan T. asoratlarining oldini olish mumkin (yana q. Travmatizm).