Traxeotomiya

Traxeotomiya (traxeya va Yunoncha tome— kesilgan) — traxeya (kekirdak) devorini kesib, uning ichini ochish va maxsus naycha qo’yish. Bunda traxeya devorining kesilgan chekkasi bo’yinning kesilgan terisiga qo’shib tikiladi. Yuqorigi va pastki Traxeotomiya ajratiladi. Yuqorigi Traxeotomiya qalqonsimon bez bo’yinchasidan yuqorida, pastki Traxeotomiya esa qalqonsimon bez bo’yinchasidan pastda qilinadi. Operasiya traxeya yo’li bekilib, undan havo o’tmay qolganda qo’llanadi.