Tribolyuminessentsiya
Tribolyuminessentsiya (Yunoncha tribos — ishqalanish va lyuminessentsiya) — ba’zi bir kristallar (ayniqsa, lyuminoforlar) ni ishkdlash, ezish va bo’lish (sindirish) paytida yuzaga keluvchi lyuminessentsiya. Tribolyuminessentsiya bo’linayotgan kristallarning elektrlanishi natijasida vujudga keladigan elektr razryad tufayli hosil bo’ladi. Kristall lyuminofor bo’lganda elektr razryadning yorug’ligi ta’sirida fotolyuminessentsiya kuzatiladi.