Troposfera
Troposfera (Yun. tropos — burilish va sfera) — atmosferaning Er yuzasi ta’siri yaqqol seziladigan quyi, asosiy kismi. Bunda tra yuqoriga ko’tarilgan sari balandlik bo’yicha har 100 m da 0,65° ga pasayadi. T.ning balandligi qutbiy kengliklarda 8-10 km, o’rtacha kengliklarda 10-12 km, ekvatorda 16— 18 km gacha etadi. Unda atmosfera havo massasining beshdan to’rt qismidan ko’prog’i joylashgan. Suv bug’ining asosiy qismi T.ga to’g’ri keladi. Shu sababli, bulutlar ham, asosan, shu erda xreil bo’ladi.T. qatlamida turbulent va konvektsiya jarayonlari ancha rivojlangan. Bu qatlamda tra vertikal gradienti quruq va nam adiabatik gradientlari orasida o’zgaradi. Shunga qaramay, T.ning erga yaqin qismida, shuningdek, erkin atmosferada temperatura inversiyasi ham uchrab turadi. T.da bulutlarning asosiy turlari vujudga keladi. Xalq xo’jaligi faoliyatiga ta’sir etuvchi yog’in, tuman, momaqaldiroq, er ustidagi qor bo’roni — izg’irin va boshqalar T.da sodir bo’ladi. T.ning quyi qatlamlari uchun havoning kuchli changlanishi xosdir. T.da havo massalari uyushadi, frontlar tashkil topadi. Tsiklon va antisiklonlar rivojlanadi. T. strotosferadan T. katlami bilan ajraladi (q. Atmosfera).