TSUSIMA JANGI

TSUSIMA JANGI (1905) – rus-yapon urushi (1904-05) davrida Rossiyaning 2-tinch okean eskadrasi (qo’mondon — vitse-admiral Z.P.Rojestvenskiy) bilan Yaponiya floti (qo’mondon — admiral Togo) o’rtasida Koreya bo’g’ozida Tsusima orollari yaqinida bo’lib o’tgan dengiz jangi [14-15(27-28 may)]. Tsusima jangi rus eskadrasining butunlay mag’lubiyati bilan tugagan. Ruslarning 5 ming kishisi va 27 jangovar kemasi yakson qilingan. Jangda yaponlarning 3 minonosesi yo’q qilinib, bir necha kemasi shikastlangan. Tsusima jangi natijasida podsho Rossiyasi urushni uzil-kesil boy bergan. Natijada Rossiya sulh muzokaralari olib borishga majbur bo’lgan.