TUG’MA TABIIY ELEMENTLAR

TUG’MA TABIIY ELEMENTLAR – tabiatda barqaror minerallar shaklida uchraydigan kimyoviy elementlar. T.t.e. nometallar (uglerodning polimorf modifikasiyalari — olmos va grafit, tug’ma S, Se, Te), yarim metallar (tug’ma As, Sb) va metallar (tug’ma Ai, Ag, Si, Pt, Pd, Ir, Fe, ta, Pb, Zn, Hg, Bi)ra bo’linadi. Odatda, mineralogik va genetik jihatdan T. t.e. bilan uzviy bog’liq bo’lgan qattiq eritmalar, ba’zan intermetall birikmalar ham T.t.e. hisoblanadi. Mas., platina guruhidagi minerallar tarkibida sof platina bilan birga ferroplatina, poliksen va b. bo’ladi. Tabiiy sharoitda bir qancha gazlar: azot, kislorod, vodorod, argon, geliy, Kripton, ksenon, radon ham tabiiy holda uchraydi. Ko’pchilik T.t.e. kam uchraydi va ba’zi bir holatlardagina yirik to’plamlar (konlar) hosil qiladi. Metallardan tug’ma oltin va platina guruhidagi elementlar, ayrim turdagi konlar rudasi tarkibidagi tug’ma mis, shuningdek kumush sanoatda mug’im ahamiyatga ega. Nometallardan olmos, grafit, oltingugurtning ahamiyati katta. Oy jinslari va meteoritlarda er po’stida kam uchraydigan tugma temir va temirnikel mavjud. T.t.e. sinfiga mansub ayrim minerallar polimorf modifikasiyali bo’ladi. T.t.e.ning kelib chiqishi magmatik, gidrotermal, metamorfik va gipergen jarayonlar bilan aniqlanadi va ular, asosan, sochma konlaraa uchraydi. Ayrim T.t.e. yirik to’plamlar va konlar g’osil qiladi.