Tuman

Tuman – atmosferaning quyi qismida (ba’zan bir necha yuz metr balandlikkacha) uchraydigan mayda suv tomchilari yoki muz kristallari. Tuman tushganda 1 km va bir necha yuz metrdan narini ko`rib bo`lmaydi. Tepaga ko`tarilgan tuman bulut deyiladi. Havo qizisa, suv tomchilari bug`ga aylanib, tuman tarqalib ketadi.