Turklar

Turklar — xalq. Turkiyaning asosiy aholisi (50 mln. kishi). Umumiy soni 53,3 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari). Turk tilida so’zlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. T. antropologik jihatdan Jan. evropeoid irqning O’rta dengiz guruhiga mansub. Etnik jihatdan T. 2 asosiy komponent: 11 — 13-a.larda Saljuqiylar va mo’g’ullar istilosi davrida O’rta Osiyo va Erondan kichik Osiyoga ko’chib kelgan ko’chmanchi turkchorvador qabilalari (asosan, o’g’uzlar va turkmanlar) va mahalliy (kichik osiyolik) aholidan tarkib topgan. T.ning bir qismi (uzlar va bijanaklar) Bolqon ya.o. orkali kichik Osiyoga kirib kelgan. T. mahalliy aholi (greklar, armanlar, gruzinlar va b.) bilan aralashib, ularning bir qismini o’ziga singdirib oldi, ularning xo’jaligi va madaniyatining juda ko’p belgilarini o’zlashtirdi. Etnogenezida, shuningdek, Arab, kurd, Jan. slavyan, rumin, alban va b. elementlar ham qatnashgan. 14— 16-a.larda T. Bolqon ya.o. va Kiprni egallaganlar. Turk xalqi taxm. 15-a.da tarkib topdi. T. tarkibida yarim ko’chmanchi etnografik guruhlar: yuruklar, turkmanlar, taxtajlar, abdallar va b. bor. Yarim ko’chmanchilar o’troklashib, T. tarkibiga singib bormoqda. Hoz. T.ning ko’pchiligi (65%) qishloq xo’jaligi. da (dehkrnchilik va chorvachilik), mln.dan oshiqrog’i sanoatda band.