Turkum

Turkum (genus) -1) botanikada filogenetik jihatdan yaqin (qardosh) turlarni birlashtiruvchi asosiy taksonomik kategoriya. Zoologiyadagi urug’ botanikadagi Turkumga to’g’ri keladi. Masalan, do’lananing (Crataegus) har xil turlari (sariq, qizil va boshqalar) do’lanalar Turkumiga birlashtiriladi. Turkumning ilmiy nomi bitta lotincha so’z bilan yuritiladi. Turkumlar bitta, bir nechta, o’nlab, hatto yuzlab turlardan tashkil topadi. Har bir Turkum (urug’) biror oila tarkibiga kiradi. 2) zoologiyada hayvonlar sistematikasidagi taksonomik kategoriya, bir necha oilani birlashtiradi. Sistematikada ko’pincha Turkum sinflarga bevosita emas, balki oraliq kategoriyalar (ustturkum, infra sinf, kenja sinf) orqali birlashtiriladi.