Tusiy Nosiriddin

Tusiy Nosiriddin (to’liq ismsharifi Abu Ja’far Muhammad ibn Muhammad ibn Hasan Nosiriddin Tusiy) (1201.17.2,. hoz. Eron hududida — 1274.25.6, Bag’dod) — o’rta osiyolik astronom va matematik olim. T. Eron Ko’histonining ismoiliylar hokimi Nasriddin muhtasham saroyida xizmat qilgan. «Axloqi Nosiriy», «Tajrid» kabi asarlari Sharqda keng tarqalgan. T. 1256 y.da Eronga bostirib kirgan mo’g’ul istilochilari boshlig’i Huloku saroyiga xizmatga olindi. T. o’zining mavqeidan foydalanib, yaqin Sharq va O’rta Sharq madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. 1259 y.da Marog’a rasadxonasi qurilishiga rahbarlik qildi, atrofiga turli mamlakat olimlarini to’plab, Maroga ilmiy maktabini yaratdi. Bu rasadxonada o’sha davrning mukammal astronomik jadvallaridan biri «Ziji Elxoniy» tuzilgan. T. mat. faniga ham katta hissa qo’shgan olim. «Tahriri Uklidis» (Evklid «Negiz»lariga qo’shimchalar) asarida Evklidnpnt 5postulatini isbotlashga urinib, noevklid geometriyaning ayrim teoremalari va aksiomalarini ta’rifladi. «Shaklulqitta'» (trigonometriya asoslari) asarida trigonometriyani mustaqil soha sifatida bayon qildi. Bu asar trigonometriyaning Evropaga tarqalishida asosiy o’rin tutdi. T.ning mineralogiya, tibbiyot, fizika, mantiq (logika), falsafa va b. sohalarga oid asarlari ham ma’lum. U ko’pgina yunon olimlari asarlarini Arab tiliga tarjima qilgan. O’zbekiston FA Sharqshunoslik intining qo’lyozmalar fondida T. asarlarining 20 dan ortiq noyob nusxalari bor.