Tuxumdon

Tuxumdon — odam va hayvonlardagi urg’ochilik jinsiy bezi. T. da tuxumhujayra hosil bo’ladi va etiladi (faqat bulutlar va tuban kovakichlilarda T. aloxida organ sifatida shakllanmagan). Umurtqali hayvonlarda T. ichki sekresiya bezi sifatida gormon (follikulin va b.) ham ishlab chiqaradi. T. embrion hujayra paylari o’sgan biriktiruvchi to’qimali asosdan iborat; bu paylar dumaloq follikulalarga (ichida faqat bitta tuxumhujayra rivojlanadi) va bir kator somatik yoki follikulyar xujayralarga (taraqqiy etayotgan tuxumhujayra atrofida joylashgan) ajraladi. Etilgan follikulalar T. sirtiga siljiydi va tuxum T. devori yoriqlaridan tana bo’shlig’iga tushadi. Sut emizuvchilarda yorilgan follikulalar o’rnida sariq tana rivojlanadi. Odam tuxumdoni ovalsimon shaklda; bachadonning ikki yonida, kichik chanokda joylashgan; uning keng boylamlariga (bachadon nayidan pastroqqa) birikkan. Ayollarning yoshiga va organizmning umumiy funktsional holatiga qarab T. ning jinsiy faoliyati turlicha bo’ladi (yana q. Jinsiy a’zolar).