Tyantszin

Tyantszin — Xitoyning shimsharqiy qismidagi shahar. Mamlakatning muhim iqtisodiy markazlaridan. Sariq dengizning Boxayvan qo’ltig’i yaqinida, Xayxe daryosining Buyuk Xitoy kanali bilan kesishgan erida joylashgan. Atrofidagi tumanlar bilan markazga bo’ysunuvchi mustaqil ma’muriy birlikni tashkil etadi. Aholisi 9,05 mln. kishi (1998). Transport yo’llari tuguni, yirik port. T. — Pekinning «dengiz darvozasi», Shanxay bilan bir katorda muhim savdotaqsimot punkti; T.ga mamlakat tashqi savdo operasiyalarining ¼ qismi to’g’ri keladi. Po’lat quyish, mashinasozlik, priborsozlik, kimyo, to’qimachilik, radioelektronika va qog’oz sanoatlari rivojlangan. Gilam, velosiped, soat va tikuvchilik mashinalari ishlab chiqariladi. Untlar bor. Metropoliten qurilgan. Shaharga 13-a.da Chjigu baliqchilar qishlog’i o’rnida asos solingan. 1465 y.dan T. deb atalgan. 1725 y.dan okrug, 1731 y.dan viloyat markazi. 1856-60 y.lardagi Angliyafrantsiyaxitoy urushi vaqtida inglizfrantsuz qo’shinlari bosib olgan. 1860 y.dagi Angliyaxitoy va Frantsiyaxitoy shartnomasiga muvofiq, chet el savdosi uchun ochiq deb e’lon qilingan. 1900 y. iyul oyida, Ixetuan qo’zg’oloni vaqtida T. 8 davlat harbiylari tomonidan ishg’ol qilingan. 1937-45 y.lar yaponlar qo’l ostida bo’lgan. 1949 y. 15 yanv.da gomindanchilar T.dan chiqarib yuborilgan.