Tyuringiya, Tyuringiya Respublikasi
Tyuringiya, Tyuringiya Respublikasi — Germaniya eri. Mamlakatnig Markaziy qismida, Tyuringiya soyligi atrofida, Tyuringiya o’rmonlarida joylashgan. T. 5 ta federal er bilan chegaradosh. Mayd. 16,2 ming km2. Axoliey 2,4 mln. kishi (2001). Ma’muriy markazi — Erfurt sh. T. — Germaniya hududidagi tyuringlarning qad. viloyati. 1130 y.dan landgraflik, 16-a. o’rtalaridan Saksoniya qirolligi va bir qancha knyazliklar tarkibida bo’lib keldi. 1918 y.da knyazliklar barham topib. T. eri tashkil etildi. 1945 y. fashistlar Germaniyasi parchalanib, T. Sovet Ittifoqi okkupasiya zonasiga o’tdi. 1949 y.dan Germaniya demokratik Respublikasi tarkibida 3 okrugga ajratildi. 1990 y.da Germaniya birlashgach, okruglari ham birlashtirilib, T. Respublikasi tashkil etildi. T. ni muhim transport yo’llari kesib o’tganligi sababli, savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi uchun sharoit kulay bo’lgan. T. qadimdan hunarmandchilikning, ayniqsa, ov va sport qurollari ishlab chiqarish. markazi edi. Konchilik, elektrotexnika, keramika, yog’ochsozlik, to’qimachilik, tikuvchilik, kimyo sanoatlari rivojlangan. Chinni va shisha buyumlar, o’yinchokdar ishlab chiqariladi. Stanoksozlik, optikamexanika, avtomobilsozlik korxonalari mavjud. T.da 3 unt, bir nechta maxsus oliy o’quv yurti, 50 dan ortiq i.t. instituta va texnik markazlar bor. Q.xda donli ekinlar, raps, kartoshka, qand lavlagi ekiladi. T. — I.V.Gyo’te, I. Bax va b. mashhur shaxslar vatani.