Ost-Indiya va zond arxipelagida yashaydigan uchar kaltakesaklar g’oyat go’zaldir. Uning yaltiroq boshi qo’ng’ir tusda, yelkasi och qizil, «qanotlari» qora yo’l-yo’lli va xoldor. Kaltakesaklarning hammasi daraxtlarda yashaydi, ehtiyoj sezmasa, o’z ixtiyorlari bilan hech qachon yerga tushmaydi. Daraxtlarning qalin barglari orasida, onalari qo’ygan qobiqlar tirqishidagi tuxmlardan ochib chiqadi va kuni bitgunga qadar mana shu yerda yashaydi. Kaltakesaklar ola-bula tusi bilan daraxtlar orasida ko’rinmaydi, ustiga-ustak balandda yashaydi. Ular bu yerda deyarli qimirlamay o’tiradi, bordiyu o’lja (qandaydir hasharot, qo’ng’iz yoki kapalak) uchib yurganini ko’rib qolsa, kaltakesak qanot qoqib, olisga sakraydi va o’ljasini uchib borayotgan holda tutib oladi, so’ng yana novdaga kelib qo’nadi. Shu tariqa, kaltakesak 5-6 metrga «uchib bora oladi». Kaltakesaklarning kattaligi har xil, ammo 21 santimetrdan oshmaydi, uning ham 12 santimetri uzun va ingichka dumiga to’gri keladi.
Sho’rtoblar nimani anglatishini bilasizmi
Sho’r I nimani anglatishini bilasizmi
Shlang nimani anglatishini bilasizmi
Shuvoq (Ermon) nimani anglatishini bilasizmi
Shchit nimani anglatishini bilasizmi
Shvits qoramol zoti nimani anglatishini bilasizmi
Sho’r yerlar melioratsiyasi nimani anglatishini bilasizmi
Cho’chqaboqar nimani anglatishini bilasizmi
Cho’pon-cho’liq nimani anglatishini bilasizmi

