Ultrabinafsha nurlar nima?

Yorug’lik, issiqlik, roentgen va ultrabinafsha nurlar nurning turli ko’rinishlaridir. Nur to’lqinlari uzunligi katta diapazonga – ko’lam chegaralariga ega. Ularning eng uzuni radio to’lqinlari, eng qisqasi ega gamma nurlaridir. Eng uzun va eng qisqa to’lqinlar oralig’ida yorug’lik to’lqinlari yoki sizu bizning ko’zimizga ko’rinadigan nurlar joylashgan. Lekin yorug’lik nurlarining o’zi ham turlicha uzunlikdagi to’lqinlardan iborat. Har bir rang ma’lum bir uzunlikdagi to’lqindir. Qizil rang ko’zga ko’rinadigan eng uzun to’lqindir. Qizil rang ko’zga ko’rinadigan eng uzun to’lqindir. So’ngra, zarg’aldoq, sariq, yashil, ko’k, va binafsha ranglar keladi. Ulardan eng qisqasi binafsha rangdir.

Binafsha rang to’lqindan so’ng esa olimlar ultrabinafsha deb ataydigan nur diapazoni keladi. Bu nurni Quyosh va shu maqsadda tayyorlangan maxsus lampalar ajratib chiqaradi.

Ultrabinafsha nurlar binafsha rang to’lqindan har bir santimetrga 1 000 000 to’lqindan oshiq darajagacha bo’lgan diapazondan mavjuddir. Ultrabinafsha nurlar qisqa bo’lgani sababli har qanday to’siqdan o’tib ketish xususiyatiga ega. Quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarning yarmigina Yerga yetib keladi. Ularning aksariyatini Yer yuzasidan ancha balandlikda joylashgan atmosfera yutadi va o’tkazmaydi.