Ummaviylar

Ummaviylar-arab xalifalari sulolasi (661-750). Asoschisi makkalik yirik savdogar va qurayshiylar zodagoni Avu So’fyonning o’g’li Mouviyadir. Muoviya xalifa Ali hokimiyatini tan olishdan bosh tortib, Damashqda o’zini xalifa deb e’lon qilgan. 658 yili ular o’rtasida urush boshlangan. Uch oy davom etgan jang natijasiz tugagan. Ali vafotidan (661) so’ng arab zodagonlari va harbiy boshliqlar yordamida Muoviya yagona hukmron bo’lib qoladi. Shu bilan ummaviylar xalifalik taxtini egallaydi. Ummaviylar poytaxti Damashq bo’lgan. Ummaviylar davrida arablar sharqda Tabariston, Jurjon, Movarounnahr va Sindni, g’arbda Shimoliy Afrika va Ispaniyaning katta qismini bosib olganlar. 747-750 yillarda Abu Muslim rahbarligidagi qo’zg’olon natijasida ummaviylar sulolasi vakili xalifa Marvon II taxtdan tushiriladi va hokimiyat abbosiylar qo’liga o’tadi.