Har bir urug’ kelgusi o’simlik solib qo’yilgan xaltachani eslatadi. Urug’ning tarkibida mayda yangi o’simlik bilan bir qatorda uning oziqlanishi uchun zarur bo’lgan moddalar ham bo’ladi. Agar katta urug’lardan loviyani o’rtasidan ikkiga bo’lsangiz, uning ichida o’simlik murtagi va oziqni ko’rishingiz mumkin. Yana urug’ palla deb ataluvchi ikkita oqimtir, yupqa pallalarga ham ko’zingiz tushadi. Ular unib chiqayotgan murtak uchun ozuqa vazifasini o’tovchi kraxmal bilan to’la bo’ladi. E’tibor berib tikilsangiz, urug’ pallalar o’rtasidagi oq nishni ko’rasiz. U bo’lg’usi loviya o’simligidir. Ayrim o’simliklarning faqat bitta urug’ pallasi bo’ladi. Ayrim o’simliklarning murtagi yerga tushishi bilanoq unib chiqadi, boshqalariga esa buning uchun ma’lum bir davr, hatto bir necha oy kerak bo’ladi. Dastlab ularning ildizi paydo bo’ladi, so’ngra quloq chiqaradi. Olma, pomidor singari sharbati mo’l mevalarning urug’lari ichidan olinmaguncha, unib chiqmaydi. Chunki bu mevalarning tarkibida urug’lar unishiga to’sqinlik qiladigan moddalar bor. Urug’ning ichidagi mayda nish murtak yoki embrion deb ataladi. Uning yuqori qismidan poya va barglar o’sib chihadi. Quyi qismidan ham nishcha bo’rtadi va undan keyinchalik ildiz paydo bo’ladi. Urug’lar sharoit qulay bo’lgan taqdirdagina una boshlaydi. Bunday sharoit deganda, issiqlik, yetarli darajadagi namlik va kislorod anglashiladi. Bunday sharoitlar mavjud bo’lgan taqdirda ozuqa moddalar zaxirasi embrionni oziqlantira boshlaydi. Embrion o’sib, qobiqni yorib chiqqach, nihol yoki maysa paydo bo’ladi. U o’z navbatida, kattalasha borib, ota ona o’simlikka o’xshab qoladi.
YouTube monetizatsiyasi O’zbekistonda: qachon ishga tushadi va hozir qanday pul topish mumkin?
Sun’iy yo’ldosh interneti nima? Qanday ishlaydi va O’zbekistonda qachon bo’ladi?
NFC nima? Kontaktsiz to’lov qanday ishlaydi?
Google Pay O’zbekistonda: qanday ishlaydi va qanday ulanadi?
«Biror kun boshlayman» – miyaning sizga qo’ygan tuzog’i
Baland gapirgan odam zaifmi? Ovozini ko‘targan inson aslida nimani yashiradi?
Ayollar (an’anaviy) ansambllari-madaniyatda
«Men sizsiz yashay olmayman» – shunaqa deyishganmi
Kuchli odam baland gapirmaydi. Nega?

