Valiant
Valiant — ertagi serhosil shaftoli navi. Vatani Amerika. Daraxti o’rtacha kattalikda. O’zidan changlanadi. Mevasi yirik (140-170 gramm), dumaloq-tuxumsimon, rangi to’q sariq. Pustila siyrak nozik tuklari bor. Eti xushbo’y, sarg’imtir, shirali, danak atrofi qizg’ish, shirin. Eti danagidan yaxshi ajraladi. Danagi yirik. Ko’chati ekilganidan keyin 2-3-yildan hosil qiladi, 5-6-yili to’liq hosilga kiradi. Hosildorligi yuqori (160-170 ts/ga). Boshqa rayonlashtirilgan navlarga qaraganda sovuqqa va kasalliklarga chidami yuqori. Aprel boshlarida gullaydi. Mevasi iyulda pishadi. Mevasi yangiligigida yeyiladi, sharbatlar, jem va boshqalar tayyorlanadi. O’zbekistonning hamma viloyatlari uchun tavsiya etilgan.