VERMAXT

VERMAXT (nemischa Wehrmacht, Wehr -qurol, mudofaa va Macht — kuch) — 1935-45 yillarda fashistlar Germaniyasi qurolli kuchlarining nomi. 2-jahon urushi (1939-45) arafasida Vermaxt hisobida 3 mln.ga yaqin harbiy bo’lgan, 1943 yil dekabrida esa 11 millionga yaqin harbiyni birlashtirgan.