Vermikulit

Vermikulit (lotincha vermiculus — chuvalchang) — gidroslyuda guruhidagi mineral. Qizdirganda kuyib, ko’pchiydi, hajmi 10-25 marta oshib chuvalchang shaklini oladi. Tarkibida marganes, temir, alyuminiy, kremniy oksidi, kislorod va vodorod bor. Monoklin singoniyali. Yupqa tangachasimon, varaqsimon kristallar yoki plastinkasimon agregatlar. Rangi qo’ng’ir-sariq, qo’ng’ir, to’q yashil. Yaltiroqligi shishasimon va sadafsimon. Qattiqligi 1-1,5. Sosf ogirligi. 2,3. Vermikulit gipergen jarayonida magniy-temirli slyudalarning nurashi natijasida hamda gidrotermal yertomirlarida hosil bo’ladi. O’zbekistonda Sulton Uvays, Nurota (Langar koni) tog’laridan topilgan. Yirik konlari Qozog’iston (Barchin), RFda (Ural, Saxa-Yakutiyada), AQSh va Avstraliyada uchraydi. Vermikulit issiq va sovuqni o’tkazmaydigan izolyator sifatida qurilishda (betonga aralashma), qishloq xo’jalikda (tuproq namligini saqlovchi) ishlatiladi.