Vohidov Vosit Vohidovich

Vohidov Vosit Vohidovich (1917.13.12, Turkiston tumani- 1994. 1.6, Toshkent) — jarroh, O’zbekistan Fanlar Akademiyasi akademik (1979), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1967). Toshmini tugatgan (1939). Toshmi umumiy jarrohlik kafedrasi mudiri (1963-75). 1975 yildan Toshkent jarrohlik ilmiy markazi Direktori, toshmi gospital xirurgiya kafedrasi mudiri. Asosiy ilmiy ishlari ko’krak va qorin bo’shlig’i a’zolari, yurak-tomir kasalliklari diagnostikasi va ularni jarrohlik yo’li bilan davolashni takomillashtirishga bag’ishlangan. Vohidov O’zbekistonda birinchi bo’lib yurak, o’pka, qon tomirlar va qizilo’ngachda operatsiyalar o’tkazgan. Jahon jarrohlar assosiasiyasining haqiqiy a’zosi (1971 yildan), «O’zbekiston tibbiyot jurnali» bosh muharriri (1979-92). Toshkent jarrohlik ilmiy markazi, Toshkent shahri ko’chalaridan biri Vohidov nomi bilan ataladi.