XACHMAS

XACHMAS — Ozarbayjondagi shahar (1938 yildan). Kaspiybo’yi pasttekisligida, Kudialchay daryosi bo’yida joylashgan. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 28 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Konserva kombinati (sabzavot, mevalarni qayta ishlaydi), sut zavodi, gilam fabrikasi bor.