XALIL SULTON
XALIL SULTON (1384-1411.4.11) temuriylardan bo’lgan Movarounnahr hukmdori (1405-09). Amir Temurning nabirasi. Mironshohning o’tli. Saroymulkxonim (Bibixonim) tarbiya qilgan. 15 yoshli Xalil Sulton Sohibqironning Hindistonga qilgan yurishida (1399— 1400) qatnashib katta jasorat ko’rsatgan. Kuyi tabaqadan chiqqan Shodimulkka uylanishi bilan Amir Temurning g’azabiga uchragan, so’ng kechirilgan. Sohibqironning Xitoyga kilgan yurishida Xalil Sulton qo’shinning o’ng qanoti boshlig’i etib tayinlangan. 1405 yil Amir Temur vafot etgach, Movarounnahr taxtini egallagan. O’ziga qarshi bosh ko’targan amirlar (Xudoydod, Olloxdod, Shayx Nuriddin va boshqalar)ga qarshi betinim kurashgan. Davlat xazinasini behuda sarflab, hokimiyatni boshqarishda xotinining so’zlariga amal qilgan. Saroydagi katta mansablarga tasodifiy kishilar tayiilangan. Bu boshqa Temuriylarning qattiq noroziligiga uchragan. Xuroson hukmdori Shohrux katta qo’shin bilan Movarounnaxrga yurish qilib, Samarqandni egallagan. Shohrux bilan tuzilgan shartnoma (1409) natijasida Movarounnahrdan voz kechgan. Xalil Sultonga Ray berilgan. Umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Xalil Sulton vafot etgach, Shodimulk ham o’zini o’ldirgan.