Xanti tili
Xanti tili — finugor tillarining obugor guruhiga mansub til. Rossiya Federatsiyasining Tyumen (xantimansi va Yamal- Nenes Muxtor okruglari) va Tomsk viloyatlarida tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 23 ming kishiga yaqin (20-asr oxirlari). Dialektal jihatdan g’arbiy va Sharqiy guruh shevalari farklanadi. G’arbiy va Sharqiy lahjalar fonetika, morfologiya va leksika sohalarida o’zaro farq qiladi. Yozuvi, asosan, 20-asrning 1-yarmida: avval lotin grafikasi asosida (1930), keyinchalik rus grafikasi asosida (1937) shakllangan. Badiiy ijodda, teleko’rsatuv va radioeshittirishlarda, matbuotda g’arbiy guruh lahjalari (kazim, shurishkar) qo’llanadi.