Xassel
Xassel (lotincha Hassel) Odd (1897.17.5, Oslo — 1981.11.5) — norvegiyalik fizikkimyogar. Norvegiya Fanlar Akademiyasi a’zosi (1933). Myunxen universitetida (1922-23). Berlin fizikkimyo va elektrokimyo institutida (1923-24). Oslo universitetida (1925-64) ishlagan (1934 yildan professor). Asosiy ilmiy ishlari organik birikmalar stereokimyosiga oid. Elektronografiya usulini rivojlantirgan va uni murakkab moddalar molekulalarini tadqiq qilishda qo’llagan. Nobel mukofoti laureati (1969; D. Barton bilan hamkorlikda).