XAVFSIZLIK

XAVFSIZLIK — 1) o’ziga nisbatan tajovuzlarga qarshi chiqish, xavf-xatar va do’q-po’pisalardan himoyalanganlik holati; 2) ob‘yekt mavjudligining barqarorlik holati va unda tinchlikni ta‘minlashga bo’lgan harakatlar majmui; 3) xavf omillarini keltirib chiqaruvchi har qanday harakatlar uchun sarf bo’ladigan harajatlarni chegaralash bilan bog’liq bo’lgan tushunchalar. To’rt asosiy turi ajratiladi: xalqaro; jamiyat; davlat; shaxs xavfsizligi. Ushbu kategoriya davlatlar, harbiy-siyosiy guruhlar o’rtasidagi munosabatlar ahvoliga taaluqli rasmiy qarorlarga asosan sharxlanadi. Hozirgi kunda u xalqaro vaziyatni sog’lomlashtirish, ommaviy qirg’in qurollari va qurolli kuchlar miqdorini qisqartirish yoki yo’qotishga qaratilgan. Bunda tenglik, barobar xavfsizlik, uchinchi davlatlarga ziyon yetkazmaslik aqidalarga amal qilinadi, xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishga nisbatan siyosiy vositalar ustivorligiga amal qilinadi, davlatlararo munosabatlar beqarorligiga yo’l qo’yilmaydi. ―Xavfsizlik tushunchasi ―Milliy manfaatlar kategoriyasi bilan chambarchas bog’langan. Shu bilan birga xavfsizlik milliy manfaatlardan kelib chiqadi. Milliy suverenitet, davlatning hududiy yaxlitligi, aholisini muhofaza qilish kabilar shunday manfaatlarki, ularga erishish uchun murosaga borishdan ko’ra urushga rozi bo’ladi. Boshqacha aytganda milliy xavfsizlik bu davlat va millatning hayotiy muhim manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan strategiya. Muammoga klassik, realistik yondashuv shuni taqozo etadi.