XALQARO HARBIY TRIBUNAL

XALQARO HARBIY TRIBUNAL — ikkinchi jahon urushi bosh harbiy jinoyatchilarining aybini ochish va jazolash bo’yicha tuzilgan xalqaro sud organi. Xalqaro harbiy tribunal fashistlar Germaniyasi tomonida turib jang qilgan Yevropa mamlakatlarining asosiy harbiy jinoyatchilarini jazolash uchun 1945-yil 8-avgustda AQSH, Buyuk Britaniya, SSSR va Fransiya davlatlari o’rtasidagi London bitimiga muvofiq tuzilgan. Uzoq Sharq uchun yapon bosh harbiy jinoyatchilari ustidan sud olib borish maqsadida Xalqaro harbiy tribunal 1946-yil 19-yanvarda ittifoqchi hukumatlar o’rtasidagi muzokaralar natijasida tuzilgan (Tokio tribunali). BMTning Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyasiga muvofiq, 1993–1994 -yilda Ruanda va Yugaslaviya bo’yicha xalqaro tribunallar tashkil etildi.