Xazina
Xazina — 1) davlat puli, kimmatbaho buyumlari, umuman boyligi saqlanadigan joy; 2) yashirib qo’yilgan (ko’pincha yer ostiga ko’milgan) va egasi olmagan, keyinchalik esa tasodifan topilgan qimmatbaho buyum va tangalar majmui. Qimmatli tarixiy manba; 3) huquqda — yer ostiga ko’milgan yoki boshqa usul bilan yashirib qo’yilgan, egasini aniqlash qiyin bo’lgan pul yoki qimmatbaho buyumlar. Bular davlat mulkiga o’tadi. Qimmatbaho buyumlarni topgan shaxsga qonunda belgilangan holatda mukofot tariqasida haq to’lanadi; 4) markazlashgan davlatlarda ularning moliyaviy zaxiralari majmui. AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya va boshqa mamlakatlarda byudjetning kassa ijrosini olib boradigan davlat moliya organi. Bular soliq, yig’imlar undirishni tashkil etadi, Xazina biletlari chiqaradi. O’zbekistonda bu vazifani Moliya vazirligi va Markaziy bank bajaradi.