Xermeslar

Xermeslar (Adelgidae) teng qanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Qanotli va qanotsiz turlari bor. Shimoliy yarim sharning mo’tadil mintaqasidagi ignabargli daraxtlarda uchraydi. 40 turi mavjud. Xermeslar hayot tsiklida jinsiy urug’lanish bilan birga partenogenez ko’payish ham sodir bo’lib turadi. Ikki uyli Xermeslar (masalan, yashil Xermeslar) qora qarag’ay (birlamchi xo’jayin)da kichkina g’uddalarga o’xshash bo’rtmalar hosil qiladi; boshqa ignabarglilar (ikkilamchi xo’jayin)da otalangach urg’ochi Xermeslar qishlovchi tuxumlar qo’yadi. Bir uyli Xermeslar (masalan, sariq Xermeslar) o’rmon va xiyobonlardagi daraxtlarni zararlaydi.