Xetagurov Kosta
Xetagurov Kosta (taxallusi, asl ism-sharifi Konstantin Levanovich Xetagurov) [1859.3(15).1O, hozirgi Shimoliy Osetiya Alagir tumani Nor qishlog’i — 1906.19.3(1.4), Qorachoycherkas viloyati Kosta Xetagurov qdshloga; Vladikavkazda dafn etilgan] — osetin shoiri va jamoat arbobi. Osetin adabiyotining asoschisi. Peterburg Badiiy Akademiyasida o’qigan (1881— 85). 1891 yil hukumat qarorlariga qarshi publisistik maqolalari uchun 5 yilga Tver viloyatiga surgun qilingan. 1893 yil Fevraldan «Severniy Kavkaz» («Shimoliy Kavkaz») gazetada ishlab, chor hukumatining Kavkazdagi siyosatiga qarshi mafkuraviy kurash olib borganligi sababli 1899 yilda Xerson viloyatiga badarg’a etilgan. 1902 yil surgundan qaytgan. 1903 yilda og’ir kasallikka chalinib, ijodiy va ijtimoiy faoliyat bilan shug’ullana olmagan. Xetagurovning adabiy merosi lirik she’rlar, masallar, romantik va xajviy dostonlar hamda she’riy rivoyatlardan iborat. Xetagurovning rus tilida yozgan she’rlari «She’rlar» (Stavropol, 1895), osetin tilida yozganlari esa «Iron fandir» («Osetin sozi», 1899) to’plamlarida e’lon qilingan. Xetagurov she’riy ijodining markazida osetin xalqining tarixiy takdiri bilan bog’liq masalalar yotadi («Fotima», 1889; «sud oldida», 1893; «Yig’loki qoya», 1894 dostonlari; «kimdir» etnografik ocherki). Xetagurovga qadar ham osetin tilida she’rlar yozilganiga qaramay, u g’oyaviy-badiiy va lisoniy jihatdan yuksak asarlari bilan milliy adabiyotga tamal toshini qo’ydi. Vladi- Kavkazda Xetagurovning uymuzeyi bor. As: Sobranie sochineniy, t. 1-3, M., 1973.