Xill (Hill) Archibald Vivien

Xill (Hill) Archibald Vivien (1886.26.9, Bristol, Angliya — 1977.3.6, Kembrij) — ingliz fiziologi; London Qirollik jamiyati a’zosi (1918 yildan; 1935-45 yil sekretar), Kembrij universitetini tugatgan (1907); shu universitetda fizik kimyodan va Manchester universitetida fiziologiyadan dars bergan (1914-19); shu universitet hamda Londondagi universitet kollejida fiziologiya professor (1920-23; 1923-25). Fan va ta’limni qo’llab-quvvatlash jamiyati raisi (1946-63; 1963 yildan prezidenti). Ilmiy ishlari muskullar faoliyati termodinamikasi va muskullar qisqarishi mexanizmiga oid. Nobel mukofoti laureati (1922, O. Meyergof bilan hamkorlikda).