XIMEDZI

XIMEDZI — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu orolining g’arbiy qismida joylashgan. Aholisi 478,3 ming kishi (1996). Transport yo’llari chorrahasi. Ichki Yapon dengizi sohdtidagi port. Metallurgiya sanoatining yirik markazi. Mashinasozlik, to’qimachilik, neftni qayta ishlash, kimyo, yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Ximedzida qadimgi qasrlar saqlangan.