Xira rudalar
Xira rudalar — minerallar guruhi, misning murakkab sulfidlari bo’lib, tennantitning izomorf qatorini — kimyoviy tarkibi nCu,2As4 S13+ +mCu12Sb4S13 bo’lgan tetraedritni hosil qiladi. Qatorning sof a’zolari kam uchraydi. Xira rudalar orasida tarkibiga qarab turlari: argentotennantit va freybergit (Ag tarkibli), zondbergerit va binnin (Zn, Ag tarkibli) ferrotennantit va ferrotetraedrit (G’e tarkibli), shvatsit (Hg tarkibli), annivit (Bi tarkibli) va boshqalar mavjud. Sinch tipli murakkab strukturaga ega. Kub singoniyada kristallanadi. Xira rudalar po’lat rangli kulrangdan, temir rangli qoragacha. Yangi singan joylari metalldek yaltiraydi, lekin havoda tez xiralashadi (nomi shundan). Qattiqligi 3-4, zichligi 4,4—5,1 g/sm3. Turli genetik tipdagi gidrotermal rudali jinslarda hosil bo’ladi. Galenit, sfalerit, xalkopirit, pirit, kvars, barit, kaltsitlar bilan birga uchraydi. Yerning yuqori qismida oson nurashga uchrab malaxit, azurit, kuprit va boshqalarga aylanadi. Mis rudalarining tarkibiga kiradi hamda ulardan surma, kumush, simob ajratib olinadi.