XITIN
XITIN (Yunoncha chiton — kiyim, teri, qobiq) — polisaxaridlar guruhiga mansub tabiiy birikma; bo’g’imoyoqlilar va bir qator umurtqasiz hayvonlar tashqi skeletining asosiy komponenti; zamburug’lar, bakteriyalar va ayrim suvo’tlarning hujayra devori tarkibida bo’ladi. Tayanch vazifasini bajaradi. Xitin NatsetilDglyukozamin qoldig’idan iborat. Suv, suyultirilgan kislota, ishqor, spirt va boshqa organik erituvchilarda erimaydi; kontsentrlangan kislotalarda eriydi. Xitinning tuzilishi, fizik-kimyoviy xossasi va biologik ahamiyati o’simlik tsellyulozasiga o’xshash.