Xloritlar

Xloritlar (Yunoncha chloros — yashil) — minerallarning keng tarqalgan guruhi, magniy va temirning metaalyumosilikatlari. Kimyoviy tarkibi o’zgaruvchan (Mg, Fe2+)[AlSi3O|0(OH)2]. 3(Mg, Fe)(OH2). Tarkibidagi G’e2+ G’e3+ ning o’zaro nisbati bo’yicha Xloritlar ortoxloritlar valeptoxloritlarga bo’linadi. Si va G’e2++G’e3+ ning mikdoriga ko’ra Xloritlar 2 guruhga ajratiladi. 1-guruh magnezial Xloritlar (korundfillit, sherydanit, klinoxlor, Pennin, talkxlorit), magnezial — temirli Xloritlar (ripidolit, piknoxlorit, diabantin) vatemirli Xloritlar (psevdotyuringit, dafnit, brunsvigit)dan iborat. 2-guruhga mansub Xloritlar — tyuringit, shamozit, delessit. Hamma Xloritlar monoklin yoki triklin singoniyada kristallanadi. Varaq-varaq, po’stloq, tangasimon, sferolit, oolit shaklida, yashirin kristalli, yupqa varakchalari egiluvchan bo’lsa ham, qayishqoq emas; bir-biridan termik analiz orqali farklanadi. Asosan, yashil, shuningdek oq, sariq, pushti, qizilbinafsha rang, qo’ng’irqora xillari bor. Qattiqligi 2-3, zichligi 2,6—3,3 g/sm3. Xloritlar tabiatda keng tarqalgan. Asosan, past temperaturali gidrotermal jarayonlar ta’sirida, tarkibida alyuminiy, magniy va temirli silikatlar ko’p bo’lgan jinslarning o’zgarishidan hosil bo’ladi. Ortoxloritlar qog’oz sanoatida ishlatiladi. Katta- katta qatlam tarzida topilgan leptoxloritlar temir rudasi sifatida sanoat ahamiyatiga ega.