O’simliklar qaysi asosiy jihati bilan hayvonlardan ajralib turadi? Ular, avvalo, yashil tusda bo’ladi. Ularga qo’yiladigan asosiy talab, ayrim istisnolarni hisobga olmaganda, yashil tusda bo’lishi lozimligidir. O’simliklarning yashil moddasi — xlorofill tuproq va havodan zarur moddalarni yutib oladi va ulardan yashash uchun kerakli bo’lgan mahsulot ishlab chiqaradi. Agar o’simliklarning bunday xossasi bo’lmaganida, odam va jonivorlar oziq-ovhat yo’qligi sababli yashay olmagan bo’lar edi. Hatto jonivorlar eti bilan oziqlanadigan hayvonlar hayoti ham o’simliklar hosil qiladigan moddalarga bog’liqdir. Darhahiqat, o’simlik ozuqasi yerdagi hayotning boshidir, asosidir. Ma’lum bo’ldiki, bu ajoyib yashil modda — xlorofill odamlar va hayvonlarni hayot uchun zarur bo’lgan o’simlik ozuqasi bilan ta’minlaydi. Xlorofill yaproqlar hujayrasida, shuningdek, poyasi va gullarida bo’ladi. O’simlik xlorofill yordamida Quyosh energiyasini yutadi va undan noorganik elementlarni organik elementlarga yoki «hayotbaxsh» kimyoviy elementlarga aylantirishda foydalanadi. Bu jarayon fotosintez deb ataladi. Bu so’z yunon tilidan tarjima hilinganda, «yorug’lik» va «birikuv» ma’nolarini anglatadi. Ayrim yashil tusdagi, ya’ni xlorofillga ega bo’lmagan o’simliklar ham bor. Ular qanday hayot kechiradi? Xlorofillga ega bo’lmagan zamburug’lar va o’simliklar oilasi o’ziga ozuqa ishlab chiqarmaydi. Shuning uchun ham ular ozuqani qayerdandir olishi kerak bo’ladi. Boshqa o’simliklar yoki jonivorlar hisobiga oziqlanadigan o’simliklar parazitlar deb ataladi. Agar ular buzilgan o’simlik va jonivorlar qoldiqlari bilan oziqlanadigan bo’lsa, bunday o’simliklarni saprofitlar deb ataymiz. Inson xlorofillni o’simliklardan ajratib olib, o’z maqsadlari yo’lida foydalanishi mumkin. Ayrim hollarda ular ma’lum bir turdagi bakteriyalarni qiradi.