Xoral

Xoral (lotincha cantus choralis — xor ijrochiligi) — Yevropa professional musiqasining ilk shakli, bir ovozli cherkov xori ijrosiga mo’ljallangan Diniy (xristian) mazmundagi asar. Qogozga tushirilgan ilk nusxalari 8— 9-asrlarga taalluqlidir. Klassisizm davrigacha Xoral ko’p ovozli musiqa (xususan, polifoniya)nang asosiy manbai vazifasini bajargan. Xoral kuylarini qayta ishlash yo’li bilan 10-17 asrlardagi ko’pgina musiqa janrlari va shakllari qaror topdi (organum, antifon, responsoriy, motet, messa, kantata, Xoral prelyudiyask, Xoral fantaziyasn va boshqalar). I.S. Bax, G.F. Gendel, V.A. Mosart, P. Chaykovskiy, S. Taneyev, S. Raxmaninov, o’zbek kompozitorlaridan M. Burhonov, Ik. Akbarov, M. Tojiev va boshqalar. Xoralning badiiyifodaviy imkoniyatlaridan ijodiy foydalanishgan.