Xotima
Xotima — badiiy, ilmiy asarlarga yakun sifatida yoziladigan qo’shimcha qism. Badiiy asar Xotimasida yozuvchi asar qahramonlarining keyingi taqdiri haqidagi mulohazalarini qisqa bayon qiladi. Teatrdramatik asarlar (ko’proq komediyalar)da aktyor-personajlarning namoyish qilingan voqealar mazmuni haqidagi yakuniy xarakteristikasi yoki ularning tomoshabinlarga qarata nasihat, minnatdorchilik, iltifot ko’rsatish ma’nosidagi murojaati (Shekspir, Brext, Moler dramalari) tushuniladi. Yunon dramaturgiyasida Xotima vazifasini xorning yakuniy monologi bajargan. Ko’pgina roman va qissalarning Xotimasida qahramonlarning syujet yechimidan so’ng ma’lum vaqt o’tgandan keyingi hayoti tasvirlanadi. Ayni bir paytda Xotimada tasvirlangan voqealarning axloqiy, falsafiy, estetik jihatlari haqida mulohaza yuritiladi. L.Tolstoyning «urush va tinchlik», Abdulla Qodiriyning «o’tgan kunlar», Abdulla Qahhorning «sinchalak» asarlarida Xotima namunalari mavjud.