Xunuklik
Xunuklik — estetika tushunchasi. Inson go’zalligi, sha’ni, qadrqimmati va ideal tasavvurlarga xilof keladigan xususiyat, narsa va hodisani ifodalaydi. Go’zamiknint aksi. Xunuklik kishida turli xil salbiy histuyg’u, noxush kayfiyat, taassuf va nafrat qo’zg’atadi, yoqimsiz taassurot qoddiradi. Xunuklik — o’zida nuqsonni ifodalaydi. U — insonning intellektual va Iroda kuchiga bo’ysunishi mumkin bo’lgan, shaxs, jamiyat uchun to’g’ridan-to’g’ri xavf tug’dirmaydigan, kelajakda insoniy imkoniyatlar doirasida shaklan yoki mazmunan ijobiy o’zgarish kasb eta oladigan muvaqqat xususiyat. Shu nuqtai nazardan go’zallik bilan uzviy bog’liq. Qadimgi Xitoy donishmandlari Xunuklikning ham o’ziga xos ahamiyati borligini ta’kidlab, odamlar Xunuklik orqali go’zallik nimaligini anglab etadilar, degan fikrni bildiradilar (Lao szi). Yunon mutafakkirlari go’zallikning Xunuklikka o’tib turishi mumkinligini aytadilar, bu fikrni yosh, go’zal yigitning keyinchalik kasal qariyaga aylanishi bilan izohlaydilar (Aristotel). Shu ma’noda Xunuklikni qadrning qadrsizlanishi tarzida talqin qilish mumkin. Xunuklik san’at asariga ko’chganida, san’atkor mahorati va san’at qonuniyatlari vositasida o’zining ob’yektdagi jirkantiruvchi jihatlarini yo’qotadi, go’zallikka aylanadi, ayni paytda, mazkur ob’yektga bo’lgan insondagi salbiy munosabat ongida saqlanib qolaveradi. Bu holat badiiy asarni idrok etuvchi kishining axloqiy-estetik tarbiyasiga ta’sir ko’rsatadi.