Yadro (o’zak, markaz)
Yadro (o’zak, markaz) – 1) murakkab ob’yektning ichki, markaziy qismi; 2) qattiq qobiq bilan o’ralgan meva, urug’ning ichki qismi; 3) atomning markaziy musbat zaryadlangan qismi; 4) sayyoraning, yulduzning markaziy qismi. Masalan: loyli o’zak, shag’alli o’zak, temir-beton o’zak, g’ishtli o’zak, to’g’on yadrosi, suv sizdirmaydigan yadro, g’ovaksimon o’zak va hokazolar.