Yalpi mahsulot
Yalpi mahsulot – 1) muayyan vaqt ichida biron sanoat korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning pul hisobidagi umumiy qiymati; 2) yalpi ijtimoiy mahsulotning sanoat va qishloq xo`jaligida vujudga keltirilgan qismi; muayyan vaqt davomida sanoat va qishloq xo`jaligi korxonalari ishlab chiqargan barcha mahsulotlarning pul hisobidagi umumiy qiymati.