YANGI MIRISHKOR

YANGI MIRISHKOR — Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi qishloq, tuman markazi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Koson (33 kilometr). Yangi Mirishkordan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha 43 kilometr. Aholisi 3 ming kishi (2005). Umumiy ta’lim maktabi, kasb-hunar kolleji, avtokorxona, MTP, paxta tozalash zavodi, kichik, o’rta biznes va yirik korxonalar, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Musiqa maktabi, madaniyat va istirohat bog’i, 2 sport inshooti mavjud. Tuman Markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar bor.