YANOV-YANOVSKIY FELIKS MARKOVICH

YANOV-YANOVSKIY FELIKS MARKOVICH (1934.28.5, Toshkent) — kompozitor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1988). Toshkent konservatoriyasini skripka ijrochiligi (1954) hamda kompozitsiya (1959) ixtisosliklari bo’yicha tugatgan. O’zbekiston simfonik orkestri (1954-64), O’zbekiston radiosi qoshidagi torli kvartet (1964-70) sozandasi. O’zbekiston davlat konservatoriyasida pedagog (1961 yildan), dekan (1974-80), kafedra mudiri (197986), professor (1988 yildan). Turli janrlarda ijod qilib 4 simfoniya (1982-90), 2 koncherto Grosso (1969, 1989), 3 skripka (196192), truba (1998) va boshqalar cholg’ular uchun kontsertlar, 4 opera («Xorijlik Petrushka», 1970; «Orkestr», 1991; «Akkompaniator», 1997; «Qutulish», 1999), xor va vokal turkumlari, diniy mavzudagi asarlar (rekviem, 1997; 2 messa, 1994-2000), estrada qo’shiqlari, 50 ga yaqin kino, tele va multfilm uchun («uzoqyaqin yillar», 1977; «Veld», 1987; «Islom tarixi», 2000; «Alpomish», 2000 va boshqalar), 15 spektakl uchun musiqalar yaratgan. Ijodida jahon klassik hamda 20-asr musiqa an’analari uyg’unlashgan, ba’zi asarlarida ya.Yanov o’zbek mumtoz musiqa uslublariga murojaat qilgan: orkestr (1973) va goboy (1980) kontsertlari, 1simfoniyasi, Umar Xayyom she’rlariga «ruboiylar» (1990) va boshqalar asarlari Yevropa va Osiyo xalqaro musiqa festivallarida muntazam ijro etilmoqda.