YAPALOQQUSHLAR

YAPALOQQUSHLAR — tungi yirtqich qushlar turkumi. Kunduz-i yirtqich qushlar bilan konvergent o’xshash, lekin ulardan jig’ildonining bo’lmasligi va uzun ko’richak o’simtasining rivojlanganligi bilan farq qiladi (mitti boyo’g’li) 84 santimetrgacha (soqolli Yapaloqqush), erkaklari urg’ochilariga nisbatan yirikroq. Pat qoplami qalin va yumshoq, aksariyat hollarda himoya rangida. Boshi katta, patlari tanasining oldingi qismida yuz diskini hosil «qiladi (nomi shundan). Ko’zlari yirik, oldinga qaragan, umumiy ko’rish maydoni uncha katta emas — 110°, binokulyar ko’rish maydoni — 60-70°, ya’ni boshqa qushlarga nisbatan katta. Ko’z gavhari harakatsiz. Ko’z umumiy ko’rish maydonining kichikligi evaziga bo’yni harakatchan bo’lib, boshini tez bura oladi. Barcha Yapaloqqushlar kunduzi va shomda yaxshi ko’radi, Tim qorong’ida esa o’ljasini faqat uning tovushidan sezib tutib oladi. Tashqi eshitish chig’anog’i yirik va eshitish organini o’rab turadigan suyaklar singari asimmetrik tuzilganidan har 2 quloqning tovushni qabul qilishi o’rtasida farq bo’lishi tovush manbaini aniq bilishga imkon beradi. Tumshug’i ilmoqsimon, lekin quchli emas. O’ljasini kuchli o’tkir va yirik tirnokdi panjalari yordamida o’dtsiradi. Shovqinsiz uchadi. Odatda, tovush chiqarmaydi, faqat ko’payish davrida hushtakka, g’ukg’uklagan yoki qahqah urib kulganga o’xshash ovoz chiqaradi. 2 oilasi (yapaloqqushlar, sipuxalar) va 133 turi bor. Antarktidadan tashqari hamma qit’alarda tarqalgan. O’zbekistonda Yapaloqqushlar oilasiga mansub 11 tur, jumladan, boyo’g’li, oddiy ukki, quloqdor Yapaloqqush uchraydi. Yapaloqqushlar — monogam. Uyasini, odatda, daraxtlar kovagi yoki yoriqlariga, ayrim turlari yerga yoki daraxtlar shoxidagi boshqa yirik qushlar qurgan uyalarga quradi. Yirik Yapaloqqushlar 1-2 ta, mayda Yapaloqqushlar 10-12 ta tuxum qo’yib, urg’ochisi birinchi tuxum paydo bo’lishi bilan uni bosadi. Shuning uchun bir uyadagi qush bolalari har xil kattalikda bo’ladi. Tuxumdan chiqqan bolalari oq momiq par bilan qoplangan, ko’zi yumuq bo’ladi. Bolalarini urg’ochisi va erkagi birgalikda boqadi. Uyadagi bolalar soni oziq bo’ladigan hayvonlarning ko’p bo’lishiga bog’liq. 4 turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi qizil kitobiga kiritilgan.